• Shan. Dek 6th, 2025

Texnikum haqida

  • Home
  • Texnikum haqida

SIRDARYO ABU ALI IBN SINO NOMIDAGI JAMOAT SALOMATLIGI TEXNIKUMI

1.Sirdaryo Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi Sirdaryo tibbiyot kolleji negizida 2020 yilda tashkil etilgan.Texnikum Sirdaryo tumani Ziyokor maxallasi 9-may ko‘chasida joylashgan bo‘lib 2008 yilda qurilgan va egalik huquqini beradigan kadastr xujjatlari mavjud.

Yer maydoni 2.9 ga o‘quv maydoni 790 m2  tashkil qiladi. Ta’lim muassasasining quvvati 550 o‘ringa mo‘ljallangan. Asosiy binoda o‘quv korpusi, Axborot resurs markazi, faollar zali, sport zal 30 o‘rinli oshxona  2-binoda esa 100 o‘ringa mo‘ljallangan “Talabalar turar joyi” joylashgan.  O‘quv korpusida  26 ta nazariy (30 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan) va 8 ta (15 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan) o‘quv amaliyotlari, 7 ta trening o‘quv xonalari jami 41 ta  o‘quv xonalari mavjud. 

2024-2025 o‘quv yilida jami o‘quvchilar soni 438 nafarni tashkil etib, umumiy foydalanish koeffetsenti 0,8 foizni tashkil etadi.

Sirdaryo viloyati xokimyatining topshirig‘iga asosan Sirdaryo Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida o‘quv jarayoni, kasbiy tayyorgarlik ishlari, o‘quvchilarni darsga qatnashish jarayonlari o‘rganildi.

2024-2025 o‘quv yilidan texnikumda 5 ta kasblar bo‘yicha 438  nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.

1.“Hamshiralik ishi” yo‘nalishi – 50910203

2.“Feldsher akusherlik ishi” yo‘nalishi-50910201

3.“Feldsher laborantlik ishi” – 50910202

4.“Tibbiy ijtimoiy ish”-409201011

5.Feldsherlik ishi-50910204

6.Funksional diagnostika ishi-509205

2024-2025 o‘quv yilida ta’lim muassasasida jami pedagoglar soni                 38 nafarni tashkil etadi, ulardan 12- nafari asosiy, 6-nafari ichki,20-nafari tashqi o‘rindosh sifatida faoliyat yuritishadi.Jami 38 nafar pedagogdan 4-nafar Bosh o‘qituvchi-11%,4-nafar Yetakchi o‘qituvchi-0.8%, 2 nafar Katta o‘qituvchi-15%,12-nafar Oliy malumotli o‘qituvchi 31%, 4-nafar 10% tugallanmagan oliy ma’lumotli (Oliy ta’lim muassasalarining talabalari),10-nafar O‘rta maxsus malumotli 25-foizi amaliyot o‘qituvchilarini tashkil etadi. Pedagoglarni sifat tarkibi 75 foizni tashkil etadi.

Ta’lim muassasasida 2023-2024 o‘quv yilida 5 ta, 2024-2025 o‘quv yilida jami 5 ta kasb bo‘yicha mutaxassislar tayyorlangan. Barcha kasblar bo‘yicha  2023, 2024 yillarda tasdiqlangan malaka talablari hamda o‘quv rejalari mavjud. Har bir o‘quv yili uchun ishchi o‘quv rejalari ishlab chiqilgan va har bir fan bo‘yicha taqvim-mavzu rejalari ishlab chiqilgan va tasdiqlangan.

O‘quv rejadagi umumta’lim va maxsus fanlar bo‘yicha tasdiqlangan namunaviy o‘quv dasturlari bilan to‘liq ta’minlangan.

2024-2025 o‘quv yili uchun har bir kasb bo‘yicha o‘quv jarayoni jadvallari ishlab chiqilgan va texnikum direktori tomonidan tasdiqlangan va shu asosda ta’lim jarayoni ikki semestrda tashkil etilgan. O‘quv yili jami ikki semestr uchun 20 haftadan 40 haftani tashkil etadi.

-O‘quv rejalarga mos bir o‘quv yilida ikki marta dars jadvali ishlab chiqilgan va o‘quv jarayoni grafigi asosida dars mashg‘ulotlari olib borilmoqda

Sirdaryo  Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi   8 ta korxona va tashkilot (Sirdaryo tumani tibbiyot birlashmasi,Sayxunabod tumani tibbiyot birlashmasi,Guliston tumani tibbiyot birlashmasi,Boyovut tumani tibbiyot birlashmasi,Sardoba tumani tibbiyot birlashmasi,Guliston shaxar tibbiyot birlashmasi ,Doniyor shifo x/k,Mirzaobod tumani tibbiyot birlashmalar bilan hamkorlik shartnomalari imzolagan. Bugungi kunda ushbu korxona tashkilotlar bilan ishlab chiqarish amaliyotlarini o‘tkazish bo‘yicha aloqalari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, shartnoma tuzilgan korxona va tashkilotlarda o‘rta maxsus mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoj o‘rganib chiqilgan hamda ta’lim muassasasi o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojlarni Sirdaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasining  bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida shakllantirgan.  

Ta’lim muassasasida o‘quv jarayoni grafigi ishlab chiqilib, tasdiqlatilgan. Dars jadvali har bir yo‘nalish va kurslar kesimida ishlab chiqilib tasdiqlatilgan. Dars jadvali ekraniga joylashtirilgan.Darslar 2 smenada tashkillashtirilgan va dars jadvali asosida olib borilmoqda.O‘quv amaliyotlari texnikumda mavjud o‘quv amaliyoti xonalari,trening o‘quv xonalari hamda klinik bazalarda olib borilmoqda. Klinik baza sifatida quyidagi davolash – profilaktika muassasasalaridan foydalanilmoqda:

1. «Doniyor shifo » xususiy klinikasi – 15 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan.  Sirdaryo tumani Ziyokorlar shaxarchasi  9  May ko‘chasi 1 uyda joylashgan  .

2. Sirdaryo tumani Oilaviy shaxar poliklinika  -30 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan. Sirdaryo shaxar Ibn Sino  ko‘chasi 15 uyda joylashgan

3. Sirdaryo tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Baxt shaxar  tug‘ruq kompleksida – 30 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan. Sirdaryo shaxar Ibn Sino    ko‘chasi 16 uyda joylashgan.

4.  Sirdaryo tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Yuqumli kasalliklar shifoxonasida  -25  nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan.Baxt  shahar   joylashgan .

Texnikumda uslubiy kengash faoliyat yuritmoqda, uslubiy kengash rejasi tuzilgan. Uslubiy kengash yig‘ilishlari o‘z vaqtida o‘tkazilib,bayonlashtiril gan. “Yosh o‘qituvchilar maktabi”faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Texnikumda ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish maqsadida o‘quv metodik seminarlar rejasi tuzilib,  reja asosida muntazam o‘tkazib borilgan: 

  1. 2024 yil 27 avgustda an’anaviy avgust seminari tashkillashtirilgan.
  2. 2024 yil 28 avgust kuni  “Professional ta’lim muassasalarida umumta’lim,umumkasbiy va maxsus fanlarning ishchi dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha yo‘riqnoma” mavzusida seminar-trening.
  3. 2024 yil 6 noyabrda “ 2020 yil 4 sentyabrdagi № 465 sonli buyruq asosida o‘qitish materiallari to‘plamini yaratish” mavzusida seminar-trening;
  4.  2025 yil 19 fevralda “O‘quv mashg‘ulotlarining mavzular to‘plami va yo‘riqli texnologik xaritalarni ishlab chiqish” mavzularida metodik seminarlar o‘tkazilgan va xujjatlashtirilgan.

Texnikum o‘qituvchilari tomonidan 2024-2025 o‘quv yili boshidan buyon  28 ta Ochiq o‘quv amaliyoti va o‘quv dars mashg‘ulotlari o‘tkazilgan

Texnikumda darsdan tashqari fan, sport,nemis,ingliz.rus tili o‘rganish to‘garaklari tashkil etilgan va unda o‘quvchilar qatnashishmoqda.

Ta’lim muassasasida 2 ta kompyuterlar bilan ta’minlangan o‘quv xonalari tashkil etilgan. “Innovatsion o‘quv xonasi” internet tarmog‘iga ulangan va dars jarayonida foydalanilmoqda. “Tibbiyotda xorijiy til” fani uchun mo‘ljallangan o‘quv xonasida 15 ta, “Tibbiyotda axborot texnologiyalari” faniga mo‘ljallangan o‘quv xonasi 15 ta kompyuterlar bilan jihozlangan va dars jarayonida foydalanilmoqda. 16 ta personal kompyuterlar mavjud. 30 ta komyuter lokal tarmoqqa ulangan   (67 foizda);  16 kompyuter internet tarmog‘iga ulangan. Internet tezligi (shartnoma asosida 40 Mbps) tashkil qiladi. O‘quvchilar internetdan foydalanish imkoniyati mavjud, axborot resurs markazida 8 ta kompyuter va 1 ta printer mavjud. 8 ta o‘quv xonasi “Artel” rusumdagi televizorlar bilan jihozlangan va dars jarayonida foydalanilmoqda. Faollar zalida ilmiy-amaliy anjumanlar uchun proektor mavjud.

-Kasbiy ta’lim muassasasining kutubxona   faoliyati,   badiiy   kitoblar   bilan   ta’minlanganlik holati

Sirdaryo Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi Axborot-resurs markazi kutubxonasining fondida 22523 ta darslik va o‘quv qo‘llanmalar mavjud. Shulardan: umuta’lim fanlari-3693 ta; umukasbiy fanlar-4047 ta; maxsus fanlar-10208 ta; qo‘shimcha adabiyot va qo‘llanmalar-1508 ta; Ilmiy adabiyotlar-125 ta, siyosiy adabiyotlar-897 ta, badiiy adabiyotlar-2045 ta; elektron darsliklar-644 ta, multimediyalar-195 ta, uslubiy dars ishlanmalari va qo‘llanmalar- 300 tani tashkil qiladi.

O‘quv rejaga kiritilgan yangi fanlardan  mavjud bo‘lmagan darsliklar Toshkent davlat stomatologiya Instituti axborot resurs markazidan foydalanish imkoniyatlari yaratilishi hisobidan bartaraf etish buyicha ishlar olib borilmokda.  

Ta’lim muassasasida o‘quvchilarning internetdan foydalanishlari uchun barcha imkoniyatlar mavjud (Axborot resurs markazida 6 ta kompyuter hamda 2 ta sinf xonalarida tashkil etilgan).

Ta’lim muassasasida nazariy va amaliy darslar uchun o‘quv rejaga mos holda fanlar bo‘yicha o‘quv xonalari, trening o‘quv xonalari, o‘quv laboratoriyalari tashkil etilgan va jihozlangan. O‘quv xonalarining Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tavsiya etilgan me’yoriy jihozlanishi va amalda mavjud jihozlanish holati o‘rganib chiqildi va quyidagi natjalarga ega bo‘lindi:

  1. Anatomiya fanidan trening o‘quv xonasi- jihozlanish darajasi 100 %;
  2. Analitik kimyo o‘quv laboratoriyasi- 65%
  3. Jamoada xamshiralik ishi-73 %;
  4. Hamshiralik ishi trening amaliyoti xonasi-95 %;
  5. Akusherlik va ginekologiyada xamshiralik ishi trening o‘quv xonasi-95 %;
  6. Pediatriya trening o‘quv xonasi-70 %;
  7. Xirurgiyada hamshiralik ishi -67 %;

     Ta’lim muassasasining o‘rtacha jihozlanish darajasi 67 % ni tashkil qiladi. Trening o‘quv xonalarida fanlar bo‘yicha jihozlar yuklamasi ishlab chiqilgan. Mavjud tibbiy asbob uskunalar, model va mulyajlardan ham nazariy, ham amaliy darslarda foydalanilmoqda.

Sirdaryo Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida ishsiz aholini kasb-hunarga o‘rgatish bo‘yicha nemis tili, ingliz tili, rus tili va IT-soxasi buyicha xamshira,Fizioterapiya va massaj  qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etilgan.